

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Rossiyaning SSKA jamoasi mehmoni bo'ladi. Joze Mourinyo bosh murabbiyligidagi "qizil iblislar" ana shu uchrashuvda ishtirok etish uchun Rossiya poytaxti Moskvaga uchib ketishdi.
Eslatib o'tamiz, SSKA - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 27 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Bellashuvning boshlanish vaqti - 23:45.







