"Manchester Yunayted" Xummels va de Bryoyne xarid uchun pul tayyorlayapti

Aslanov Jasurbek
2 fev 2015, 17:15
"The Daily Express"ning xabar berishicha, Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi tarkibni kuchaytirishda davom etadi.

Mankunianlar bu safar Bundesligaga e'tibor qaratishdi. Eslatib o'tamiz, uzoq vaqtdan beri MYUning "Borussiya D" himoyachisi Mats Xummelsga qiziqishi borasida mish-mishlar bor edi, ammo endi ingliz skautlari e'tiborini "Volfsburg" yarim himoyachisi Kevin de Bryoynega qaratdi. Manchesterliklar ikki futbolchi uchun 90 mln evro tayyorlashyapti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football.kulichki.net