"Manchester Siti" va "Atletiko" "Atalanta" o'yinchisi uchun kurashadi

Alisher
31 mar 2021, 11:01
Ikki Yevropaning top-klubi "Atalanta" himoyachisi Robin Gosens uchun da'vogarlik qilmoqda.

26 yoshli nemisni "Manchester Siti" va Madridning "Atletiko" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Oldinroq Italiya klubi o'yinchining sotuvidan 40 million evro ishlab olmoqchi ekanligi ma'lum bo'lgandi. Gosensning bergamoliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercatoweb