"Manchester Siti" "River Pleyt" hujumchisini o'z safiga qo'shib olishga yaqin

Alisher
24 yanv 2022, 17:38
"Manchester Siti" "River Pleyt" forvardi Xulian Alvaresni xarid qilishga yaqin.

Argentinalikning transfer narxi 23 mln evrodan oshmaydi. O'yinchi "shaharliklar" tarkibiga kelasi yozda kelib qo'shiladi.

Futbolchi uchun kurashda "Siti" "Manchester Yunayted"dan ustun keldi.

Alvares joriy mavsum "River Pleyt" safida Argentina chempionati doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN