

"Manchester Siti"ni chempionlikdan bitta g'alaba ajratib turibdi. Hozirgina, "Arsenal" "Brayton"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Shu tariqa, "Man Siti" (85) va "Arsenal" (81) o'rtasidagi farq 4 ochkoligicha qoldi. "Manchester Siti" zaxirasida esa bitta o'yin bor. "Shaxarliklar" oxirgi uchta o'yinda uch ochko jamg'arishsa, APL chempionligini naqd qilishadi.

Ma'lumot uchun, "Man Siti" o'zining APLdagi keyingi uchrashuvlarini "Chelsi", "Brayton" va "Brentford"ga qarshi o'tkazadi.



