Manba: O'zbekiston Superkubogiga "Bobur Arena" mezbonlik qiladi

Iskandarov Abdulaziz
29 yanv 2026, 10:15
2026 yilgi O'zbekiston Superkubogi qayerda bo'lib o'tishi ma'lum.

Jurnalist Zuhriddin Hakimovning ma'lum qilishicha, joriy yilgi O'zbekiston Superkubogi mezbonligi Andijon, "Bobur Arena"ga topshirildi. Bosh sovrin uchun "Paxtakor" - "Neftchi" jamoalari o'zaro to'qnash keladi. 

Ma'lumot uchun Superkubok bahsi 15 mart kuni bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, 2025 yilgi mamlakat kubogi finali ham mazkur arenada o'tkazilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Zuhriddin_Hakimov