Manba: MYU "Bavariya" futbolchisi uchun 48 mln evro taklif qildi

Mirjalol Normatov
28 mar 2018, 17:24
"Bavariya" yarim himoyachisi Arturo Vidal "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida.

Chilining "La Cuarta" nashri xabariga ko'ra, mankunianliklar rahbariyati futbolchini sotib olish uchun "Bavariya"ga 48 mln evro, Vidalga yiliga 14,4 mln evrolik maosh bilan 4 mavsumlik shartnoma taklif qilgan.

30 yoshli Vidalning jamoasi bilan shartnomasi 2019 yilda yakunlanadi.

Oldinroq futbolchiga "Chelsi" ham qiziqish bildirayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Cuarta