Manba: Kristensen "Barselona"ga o'tadi. Transferning amalga oshish ehtimolligi - 99%

Narzulla Saydullayev
2 mar 2022, 00:30
Himoyachsi faoliyatini Ispaniyada davom ettirishga yaqin.

"Chelsi" himoyachisi Andreas Kristensen "Barselona" bilan kelishuvga erishgan. Ushbu bitim katta ehtimol bilan yozda amalga oshiriladi. Jurnalist Jerar Romeroning yozishicha, masalaning hal bo'lishi 99% aniq. Ikki tomon o'zaro kelishib olishdi. Agarda qandaydir favqulotda vaziyat yuz bermasa, Andreas Kristensen keyingi mavsumni "Barselona"da boshlaydi. 

Eslatib o'tamiz, Kristensen 2012 yildan beri "Chelsi" bilan birga. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi ushbu mavum oxiriga qadar mo'ljallangan. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/gerardromero