“Man Siti” “Stok Siti”ni mag'lub etdi va endi “MYU”ni 16 ochkoga ortda qoldirmoqda

Aslanov Jasurbek
13 mar 2018, 03:12
Hozirgina Angliya Premer-ligasining 30-turini yakunlab bergan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda chempionat peshqadami “Manchester Siti” klubi safarda “Stok Siti” jamoasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Har ikkala gol David Silva hisobiga yozildi. 

Bugungi g'alabadan so'ng “shaharliklar” 81 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rinda borayotgan hamshaharlari “Manchester Yunayted”ni 16 ochkoga ortda qoldirishmoqda. 


Stok Siti – Manchester Siti 0:2 (0:1)

13 mart, 01.00. “Bet365 Stedium”

Gollar: 0:1 – 10 Silva, 0:2 – 50 Silva.

“Stok Siti” – Batlend, Zuma, Kemeron (Sobxi, 88), Stafilidis, Martins Indi, Ndiaye, Allen, Shakiri, Bauer, Shupo-Moting, Xese (Krauch, 63).

“Manchester Siti” – Ederson, Otamendi, Kompani, Uoker, Zinchenko, Silva, Fernandino, Sterling (Bernardu Silva, 85), de Bryuyne, Sane, Gabriel Jezus (Gyundogan, 90).

Ogohlantirish: Allen (73).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif