Malkom "Barselona"ning ruxsati bilan mashg'ulotni o'tkazib yubordi

Tolibjon Qosimov
1 avg 2019, 17:00
"Barselona" vingeri Malkom klubning ruxsati bilan mashg'ulotni o'tkazib yubordi.

"RMC Sport"ning ma'lumotiga ko'ra, klub rahbariyati 22 yoshli braziliyalikka kelajagi bilan bog'liq vaziyatni hal qilishi shunday qarorga kelgan.

Malkom katta ehtimol Rossiyaning "Zenit" klubiga o'tadi. Oldinroq, braziliyalik 2 avgust kuni Sankt-Peterburgda tibbiy ko'rikdan o'tishi xabar qilingan edi.

O'tgan mavsum yarim himoyachi barcha musobaqalarda 24ta o'yin o'tkazdi va 4ta gol urib, ikkita golli pas berdi.


Eslatib o'tamiz, Malkom 2018 yilning yozida "Bordo"dan 41 million evro evaziga "Ko'k-anorranglilar" safiga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: RMC Sport