Maksim Shackix futbolchilik faoliyatini yakunladi

Aslanov Jasurbek
7 apr 2016, 18:52
O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi, so'nggi mavsumni havaskor jamoada o'tkazgan Maksim Shackix 37 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

Bu haqda Championat nashri e'lon qildi. U endi Kievning "Dinamo" klubining 1999 yilda tug'ilgan futbolchilariga ustozlik qiluvchi Vitaliy Kosovskiyga yordamchilik qiladi.

"Hozircha boshqarmayman, shunchaki Vitaliy Kosovskiyga yordam beraman. Endigina bu ishni o'rgana boshladim. Anchadan beri murabbiylik haqida o'ylayotgan edim. Mikrojarohat olib, futbolchilikdan murabbiylikka o'tishga qaror qildim. Hozircha o'qib, tajriba to'playman.

Jarohatimda shunchalik og'irki, uni operaciyasiz davolab bo'lmaydi. Butun faoliyatim davomida bunday shikastlanishlar ko'p bo'lgan. Kichik jarohatlar bo'ldi, ammo ular operaciyalarsiz davolangan. Hozir takliflar bo'lmasa operaciya qildirishdan nima mano? Agar kutish kerak bo'lsa, yozda Osiyo transfer oynasi ochiladi. Osiyoga borishim mumkin edi. Ammo aniq taklif bo'lmadi. Agar biror klub men bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lsa, operaciya qildirgan bo'lardim. Futbol o'ynamasam jarohatim halaqit qilmayapti. So'nggi vaqtlarda manejda o'ynadim, qayerdadir qandaydir jarohatlar orttirib oldim" - deydi Shackix.

Shackix olti karra Ukraina Chempioni, ikki marotaba UPL to'purari va bir necha marta O'zbekistonda yil futbolchisi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia