Maksim Shackixga qirg'iz klubi qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
19 noya 2025
Bir necha kun oldin "Andijon" bilan xayrlashgan Maksim Shackix faoliyatini Qirg'iz Respublikasida davom ettirishi mumkin.

Shackixga Qirg'iziston oliy ligasi debyutanti "Aziya" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Tengelbes Musaev o'z Telegram kanalida e'lon qildi. Tomonlar muzokaralarni boshlab yuborishgan.

Shackix "Andijon" bosh murabbiyi sifatida barcha musobaqalarda jami 24 ta o'yin o'tkazdi. Ularning 5 tasi g'alaba, 9 tasi durang va 10 tasi mag'lubiyat bilan yakun topdi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://t.me/tengelbes