

Angliya terma jamoasi futbolchilari Xarri Maguayr va Xarri Keyn bugun terma jamoa mashg'ulotlarida qatnashishdi. Ikki futbolchi ham Eronga qarshi o'yinda jarohat sabab almashtirilgandi. Maguayr boshidan jarohot olgan bo'lsa, Keyn to'pig'ida noqulaylik his qilgandi. Yakunda ikkala jarohat ham engil bo'lib chiqdi.

Angliya termasi safida faqatgina Jeyms Meddison asosiy jamoadan alohida, yani zalda shug'ullanmoqda.



