"Mag'lubiyat boshqa takrorlanmasligi uchun harakat qilamiz, aks holda, uyga qaytishga to'g'ri keladi" - Morata

Sherzod Nurmatov
2 dek 2022, 13:56
Alvaro Morata Ispaniya terma jamoasining Yaponiyadan uchralgan mag'lubiyati (1:2) va jamoaning JCH-2022 pley-off bosqichiga yo'l olgani xususida fikrlarini bildirdi.

"Bu – futbol va bu aql bovar qilmas o'yin edi. Asosiysi, keyingi bosqichga chiqdik. Bu haqida o'ylash, shuningdek, o'yinni tahlil qilish kerak.

Men kuzatgan deyarli barcha Jahon chempionatlarida barcha jamoalar qiyin damlarni boshdan kechirishgan. Siz buni boshdan kechirishingiz, lekin bizga ishonishda davom etishingiz lozim. 

Ertadan e'tiborimizni pley-offga qarata boshlaymiz va bu [mag'lubiyat] boshqa takrorlanmasligiga ishonch hosil qilishga harakat qilamiz, aks holda, uyga qaytishga majbur bo'lamiz", – dedi ispaniyalik hujumchi.

Ispaniya 1/8 finalda Marokash bilan o'ynaydi. Bahs 6 dekabr kuni 20:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es