Lyuk Shou MYU bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
4 apr 2023, 20:43
"Manchester Yunayted" matbuot xizmati himoyachi Lyuk Shou bilan shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi.

Tomonlar 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekkan. Shou 2014 yildan buyon mankunianliklar tarkibida harakat qilmoqda.

Ushbu mavsumda 27 yoshli himoyachi 36 o'yinda maydonga tushib, 1 gol va 6 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal