Lyov 2:2 hisobidan so'ng: "O'yin ko'ngli bo'shlar uchun emasdi"

Aziz Tukhtamuradov
24 iyun 2021, 07:58
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Evro-2020 doirasida Vengriyaga qarshi o'yindan so'ng (2:2) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Germaniya o'yin davomida ikki marta ortda qolayotib, hisobni tenglashtira oldi. 

"Biz jangovar rux namoyish etdik - xato qildik, lekin oxirigacha kurashdik. Jangovar rux juda yuqori edi. O'yin ko'ngli bo'shlar uchun emasdi. 

Vengriya shunday tarzda kurashishini bilardik. 

Shuni aytishim lozimki, asosiy maqsadimiz guruhdan chiqish edi", - dedi Lyov. 

Endi germaniyaliklar chorak final yo'llanmasi uchun Angliya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA