"Luton Taun" U-20 jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchini sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
13 okt 2023, 10:56
LDU Kito klubi yarim himoyachisi Oskar Sambrano "Luton Taun" qiziqishiga sabab bo'lmoqda.

Ingliz klubi vakillari Janubiy Amerikaga yetib borishgan va ehtimoliy transfer bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborishgan. Ma'lum bo'lishicha, "LDU Kito" "Luton"ning 4,5 mln dollarlik ilk taklifini rad etgan.

Eslatib o'tamiz, futbolchi U-20 Jahon chempionatida Ekvador sharafini himoya qildi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: tribalfootball.com