Luka Modrich: "Real" anchadan buyon Ispaniya chempioni bo'lmadi, bosh maqsadimiz chempion bo'lish"

Narzulla Saydullayev
11 sen 2016, 12:22
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich Ispaniya chempionati 3-turidan o'rin olgan "Osasuna"ga qarshi o'yindan so'ng (5:2) o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugungi g'alabadan xursandman, shunday davom etishimiz kerak. Mening golim? Darvozaga ko'p zarba beraman, bazida gol bo'ladi. Muxlislarga qo'llab quvvatlashgani uchun rahmat.

"Real" doim YCHLga katta e'tibor qaratadi, ammo Ispaniya chempionatida anchadan buyon chempion bo'lmadik. Bosh maqsadimiz mamlakat chempioni bo'lish. Madridda o'ynayotgan paytimdagi eng kuchli tarkib aynan hozirgisi", - deydi Modrich AS nashriga.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com