

Bu haqda "Marca" nashri xabar bermoqda.
Manbaning takidlashicha, ispaniyalik mutaxassis 24 yoshli janubiy koreyalik futbolchini jamoa uchun hali ham muhim deb hisoblaydi. Garchi futbolchining o'zi Ispaniyaga qaytishga qarshi bo'lmasa-da, Enrikening qarori sababli "matraschilar" qishki transfer oynasida Li Kan Inni sotib ololmaydigan bo'lishdi. Shunga qaramay, Madrid klubi yozda ushbu transferga yana qaytishni rejalashtirgan.
Eslatib o'tamiz, Li Kan In 2023 yilning yozida "Malorka"dan Parij klubiga ko'chib o'tgan edi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 21 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi. Uning PSJ bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali futbolchini 25 million evroga baholamoqda.



