Luis Enrike: Biz o'z o'yinimizni ko'rsatimiz kerak

6 iyun 2015, 07:44
YCHL finali oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Barselona bosh murabbiyi Luis Enrike ishtirok etdi.

Jamoamiz o'zi istagan natijalarni qayd etib kelmoqda. Biz shu vaqtgacha ikkita sovrinni yutishga erishdik. Endi navbat uchinchisiga. Maydonning o'rta chizig'i hujum va himoya uchun asosiy joy. Biz himoyada ham, hujumda ham yetakchilik qilishimiz kerak. "Barselona" o'z o'yinini ko'rsatishi lozim. To'pni to'liq nazorat qilib, raqib darvozasi oldida vaziyatlar yaratgan holda ularga o'ynash imkonini bermasligimiz zarur. 

O'ylashimcha, to'p nazorati bizning qo'limizda bo'ladi. Biz uchrashuvni ko'p qismini raqib jarima maydonchasi oldida o'tkazishni rejalashtirganmiz. Finalda yuqori darajada o'ynashimiz talab etiladi. Final oson kechmaydi. "Yuventus"ning o'yin uslubi ham biznikiga o'xshab ketadi. Ularga ham to'p kerak. 

"Yuventus" himoyada juda kuchli. Aynan shu uchun ham ularda ham "trebl"ni nishonlash imkoniyati bor. Juda ehtiyotkorlik bilan o'ynashimiz kerak.

Biz ushbu mavsumda juda ko'p gol kiritidik. Lekin unutmaslik kerakki, bu final. Final esa umuman boshqa tipdagi o'yin. Bu yerda juda yuqori bosim ostida qolasiz. Shu bosimni engib o'tishga harakat qilamiz. 

Qaysi jamoa bosimni engib o'ta olsa, o'sha klub yakunda muvaffaqiyat qozonadi. 

Men o'z faoliyatimdan minnatdorman. Futbolchilik faoliyatimni 2004 yilda yakunlagandim, hozir murabbiy sifatida ishlayapman. Faoliyatimni qo'lga kiritilgan sovrinlar bilan o'lchamayman. Nima bo'lgan taqdirda ham faoliyatimni borishidan minnatdorman. Men grand jamoani boshqarish qanday ekanligini juda yaxshi bilaman. Men o'z ishimni bajaraman, bu odamlarga qanchalik yoqishi yoki yoqmasligi ikkinchi darajali.


Manba: sports.ru