Loris "Tottenxem" bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin

29 mar 2021, 20:30
Ugo Loris faoliyatini "shporlar" tarkibida davom ettirishi kutilmoqda.

"Football.London" xabariga ko'ra, "Tottenxem" rahbariyati 34 yoshli golkiper bilan hamkorlik shartnomasini uzaytirish ustida bosh qotirmoqda. Pandemiya oqibatida transfer oynasida sarflanadigan mablag' cheklangani tufayli londonliklar Lorisning o'rnini boshqa bir yuksak saviyalik darvozabon bilan to'ldirishlari imkonsiz.
Avvalroq Ugoning xizmatlariga Fransiyaning "Nicca" jamoasi qiziqish bildirayotgani aytilgan edi. Eslatib o'tamiz, darvozabonning "Tottenxem" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football.London