"Lokomotiv"ning yangi futbolchilarni tanishtirdi

Narzulla Saydullayev
10 mar 2014, 11:44
Bugun “Lokomotiv” klubi yangi mavsum oldidan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi.
Tadbir bir necha qismdan iborat bo'ldi. Dastlab klub bosh murabbiyi Vadim Abramov va klub vice-prezidenti Zokir Seydullaev o'z fikrlarini bildirishdi.

Vadim Abramov: “Yangi mavsumga tayyorgarlik yaxshi bo'ldi. Futbolchilar bir oy davomida men bilan shug'ullanishdi. To'g'ri yig'inning so'nggi kunlarida termaga o'yinchilar chaqirilgani bois ularsiz tayyorgarlik ko'rdik”.  


- Mazkur lavozimga tayyorlanish jarayoni va futbolga qiziqishingiz qay tarzda ekanligini aytib bersangiz...
Zokir Seydullaev: Men 14 yildan beri temiryo'l sohasida faoliyat olib boryapman. 2013 yilning oktyabr oyidan boshlab klubda ishlayapman. Sportga qiziqishim o'rtacha. Joriy mavsum klub oldiga O'zbekiston chempionatida g'alaba qozonib, OCHLga to'g'ridan-to'g'ri chiqishni taminlash. Bu borada biz sharoitlarni 100% tayyorlab berishga tayyormiz.

- "Lokomotiv" joriy mavsum oliy ligani "TTZ" stadionida o'tkazadimi?
Zokir Seydullaev: Bugungni kundat kelib ikkita stadionni tayyorlaganmiz. Shu bilan birga "Do'stlik" stadioni o'rinbosarlarimiz uchun muhayyo qilinga. Bu stadion ham a'lo darajada turibdi.


Shundan so'ng jurnalistlar futbolchilarga savollar berishdi.

Temur Jo'raevga savol:
- Nesterov bilan yana raqobatlashishga to'g'ri keladi, bunga nima deysiz?
- Ignat bilan o'zimni yaxshi his qilaman. U bilan raqobatlashish qiziqarli bo'ladi.

Shu savolga Nesterovning javobi:
- Timur bilan "Paxtakor"da ko'p mavsumni o'tkazdim. Birga bitta xonada istiqomat qilar edik. U bilan "Lokomotiv"ni yangi cho'qqilarga chiqishini istaymiz.

Andrey Kojakar: O'zbekistonni top klublaridan biriga o'tdim. O'zbekiston chempionati qiziqarli o'tishiga shubham yo'q.

Foiz Musaevga savol:
- Xorijdan qaytish, orqaga tashlangan qadammi?

- Aksincha, men avvalgi jamoamdan ko'ra kuchliroq jamoaga keldim.

Lutfulla To'raevga savol:
- Shu kunga qadar 13 raqamda to'p tepib kelar edingiz, "Lokomotiv"da 88-raqamni tanlashingizga nima sabab bo'ldi?
- Haqiqatdan ham bungacha faqat 13-raqamda to'p tepgan edim. Faoliyatimda kichik o'zgarish qilishni istadim.

Sardor Mirzaevga savol:
- Shu kunga qadar "Neftchi"ni asosiy tarkib a'zosi bo'lgansiz. Ammo negadir sizni "Lokomotiv" asosiy tarkibida ko'rmayapmiz. Bu raqobat bilan bog'liqmi?

- "Neftchi" bilan "Lokomotiv" o'rtasidagi farq katta. Bugun "Lokomotiv" safida eng kuchli futbolchilar jam bo'lishgan. Umid qilaman, bu jamoaning ham asosiy tarkibidan joy olaman.

Ignatiy Nesterovga savol:
- Biz sizni "Lokomotiv"ga o'tishingizga ishonmagan edik.

- Bosh murabbiyimiz jamoada qolishimni istadi. Ammo klub rahbariyati bilan tushunmovchiliklar bo'ldi. Bu orada "Lokomotiv" men bilan aloqaga chiqdi.


Xayrulla Xoliqov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia