

Ayni paytda “temiryo'lchilar” jamoasi mazkur to'qnashuvga hozirlikni davom ettirmoqda. “Lokomotiv” futbolchilari bugun ham klub qarorgohida mashg'ulot o'tkazishdi. Unda jamoaning barcha a'zolari ishtirok etdi. Salim Mustafoev bugundan umumiy mashg'ulotlarda qatnasha boshladi. Nivaldo esa hamon yakka tartibda shug'ullanmoqda.
Quyida “Lokomotiv”ning bugungi mashg'ulotidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:








