Jamoamiz bugun charter reys bilan Ahvazga yetib keldi. Dastlab har ikki jamoa menejerlari ishtirokida miting o'tkazilgandi. So'ngra jamoalar ustozlari va bittadan yetakchi futbolchi hamrohligida matbuot anjumani ham tashkil etildi.
Bir necha daqiqa avval esa jamoamiz o'yinoldi rasmiy mashg'ulotini o'tkazdi. Futbolchilar va murabbiylarning kayfiyatlari yaxshi. Jamoa ertangi bellashuvga yaxshi tayyorgarlik olib bordi.
Umid qilamizki, “Fulad”ga qarshi kechadigan jamoamizning ushbu mavsumda xalqaro maydondagi so'nggi uchrashuvi ajoyib tarzda o'tadi va “Lokomotiv” o'z muxlislariga quvonchli lahzalarni taqdim eta oladi.