“Lokomotiv” Minsk shahrida rus klubiga qarshi nazorat o'yini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
23 iyun 2018, 16:50
Belarusning Minsk shahrida yozgi yig'inini o'tkazayotgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi xorij yig'ini doirasidagi ilk nazorat o'yinini o'tkazdi.

“Temiryo'lchilar” Rossiyaning “Tambov” klubiga qarshi bahs olib borishdi. Qiziqarli kechgan matchda omad rus jamoasiga kulib boqdi - 1:2.  

"Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Tambov" (Rossiya) 1:2
Gollar: 
Shoahmedov (57) - Mamtov (5), Gorbatyuk (75)

Takidlash joizki, "Lokomotiv" 25 iyunda "Shaxtyor" (Belarus), 29 iyunda "Dinamo" (Belarus) va 1 iyul kuni "Baltika" (Rossiya) klublariga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz