"Lokomotiv" legioneri birinchi turdan so'ng jarohat oldi

Khoja
1 mar 2026, 09:13
"Lokomotiv" himoyachisi Oleksandar Kucherenko "Surxon"ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Mirko Yelichich ma'lum qildi.

"U boldir mushaklarida muammo sezdi. Hozirgi paytda biz futbolchini bunchalik xavf ostiga qo'ya olmaymiz. Futbolchini tibbiy ko'rikdan o'tkazamiz va nimalar bo'lishini bilamiz. Unda bungacha ham mikrojarohat bor edi. Men buni jiddiy holat deb hisoblamayman. Ko'proqqa yo'qotmaslik uchun yaxshisi uni o'yindan olib, tiklanishi uchun vaqt bera qolamiz", - deb fikr bildirdi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia