"Lokomotiv" kundaligi: Abu Dabidagi o'ninchi kun. O'yindan keyingi mashg'ulot

Xayrulla Xoliqov
13 yanv 2020, 01:00
Shotlandiyaning "Glazgo Reynjers" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan "temiryo'lchilar"ning navbatdagi mashg'uloti bir mahal bo'ldi.

Futbolchilar murabbiylar ko'rsatmasiga binoan faqat trenajyor zalda shug'ullanishdi. Jamoa a'zolari uch guruhga bo'lingan holda mashg'ulot olib borishdi. Ertangi mashg'ulot yana futbol maydonida bo'ladi. 

14 yanvar kuni "Loko" yangi mavsum hisobidan ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Bunda jamoa Xitoy klubi "Jiangsu Suning"ga qarshi bahs olib boradi. Nazorat o'yini mahalliy vaqt bilan 17:00da (Toshkent vaqti 18:00) boshlanadi. O'yindan ertasi kuni jamoa Toshkentga qaytib ketadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz