

Ushbu ikki jamoa shu paytga qadar O'zbekiston kubogi o'yinlari doirasida faqat bir marta o'zaro to'qnash kelishgan. 2012 yilgi kubok bellashuvlari chorak finalida yo'llari kesishgan jamoalarning ilk qarama-qarshiligida “Buxoro” 2:0 hisobida g'olib chiqqan. Javob o'yinida esa “Lokomotiv” 2:0 hisobida g'alabaga erishgan. Penaltilar bahsida esa omad buxoroliklarga kulib boqqan – 7-6.
Takidlash joiz, “Buxoro” – “Lokomotiv” uchrashuvini Rustam Bobomurodov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. O'yin 19:00da start oladi.
O'zbekiston Kubogi, 1/4 final
Dastlabki uchrashuv, 4 iyul
Buxoro (Buxoro) – Lokomotiv (Toshkent)
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), F. Norsafarov (Qarshi).
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).




