"Lokomotiv-2001" xotira turnirida uchinchi o'rin uchun bahs olib boradi

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2015, 15:27
Toshkentda bo'lib o'tayotgan Jo'ra Xonnazarov xotira turnirida bugun yarim final o'yinlari o'tkazildi.
Alisher Bozorov murabbiylik qilayotgan "Lokomotiv" futbol maktabining 2001 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari bugun "Bunyodkor" vakillariga qarshi bahs olib borishdi.

"Chilonzor" sun'iy maydonida bo'lib o'tgan o'yinda "Lokomotiv-2001" 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi va natijada finalga chiqa olmadi. Endi yosh "temiryo'lchilar" ertaga uchinchi o'rin uchun "Andijon" bilan kuch sinashishadi. Finalda esa "Paxtakor" va "Bunyodkor" o'ynaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia