Lizarazyu: "Neymar jamoadoshlarini hurmat qilmaydi"

Mirjalol Normatov
4 apr 2021, 18:50
"Bavariya" va Fransiya termalarining sobiq futbolchisi Biksant Lizarazyu PSJ forvardi Neymarni tanqid qildi.

"U endigina safga qaytdi. Uch kundan keyin esa YCHLda o'yin bor. Neymar esa xotirjam bo'lishi kerak, ammo u bunday qilmayapti.

Neymar raqiblarini, jamoadoshlarini hurmat qilmaydi. Unda intizom yo'q. 29 yoshda, yiliga 30 mln evro maosh oladi. Ammo o'zini kiborli insonlar kabi ko'rsatmaydi. Balki uni jazolash kerakdir", - dedi Lizarazyu.

Ushbu mavsumda 29 yoshli Neymar PSJ tarkibida 20 o'yinda 13 gol va 6 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Telefoot