Lizarazyu: "Grizmann "Barselona"dan kyetishi kerak"

Alisher
11 noya 2020
Fransiya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Biksant Lizarazyu "Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann haqida gapirdi.

"O'yinchi yaxshi o'ynashi uchun, o'zini qulay his qilishi kerak. Bosh murabbiy va o'yinchilar bilan ishonchli munosabat bo'lishi kerak. Men buni ko'rmayapman. U Messi bilan til topisha olmaydi.

Ular bir-birini yomon tushunishadi. U turli murabbiylar tomonidan ishonchni his qilmayapti. Bunga maksimum 6 oy sabr qilish mumkin, ammo keyin kyetish kerak", - deydi Lizarazyu.

29 yoshli Fransiya terma jamoasi hujumchisi joriy mavsum Kataloniya klubi tarkibida 9ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Football France