Lizarazyu: "Grizmann "Barselona"dan ketishi kerak"

Alisher
11 noya 2020, 12:10
Fransiya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Biksant Lizarazyu "Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann haqida gapirdi.

"O'yinchi yaxshi o'ynashi uchun, o'zini qulay his qilishi kerak. Bosh murabbiy va o'yinchilar bilan ishonchli munosabat bo'lishi kerak. Men buni ko'rmayapman. U Messi bilan til topisha olmaydi.

Ular bir-birini yomon tushunishadi. U turli murabbiylar tomonidan ishonchni his qilmayapti. Bunga maksimum 6 oy sabr qilish mumkin, ammo keyin ketish kerak", - deydi Lizarazyu.

29 yoshli Fransiya terma jamoasi hujumchisi joriy mavsum Kataloniya klubi tarkibida 9ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football France