“Liverpul” va “Roma” Eriksen uchun bahslashishadi

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2013
“Ayaks” klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen yevropaning bir qancha top-klublari qiziqishiga sabab bo'layapti.

Daniya OAVning xabariga ko'ra, Eriksenga “Liverpul” va “Roma” klublari qiziqish bildirishayapti.

Dortmundning “Borussiya” klubi esa Genrix Mxitaryanni sotib olganidan so'ng, Erikson sotib olishdagi raqobatdan chiqdi.

“Liverpul” ham Mxitaryannni sotib olishga harakat qilgan edi, ammo uni qo'ldan chiqargandan so'ng Eriksenni sotib olishni rejalashtiryapti.

“Roma” esa Daniel De Rossini “Chelsi”ga berib yuborganidan so'ng, kuchli yarim himoyachiga muhtoch bo'lib qolgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: 101greatgoals.com