"Liverpul" rekord darajadagi homiylik shartnomasini imzolashga yaqin turibdi

Sherzod Nurmatov
3 may 2022, 22:25
Mersisaydliklar katta hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishishdi.

"Daily Mail" nashrining yozishicha, "Liverpul" va Britaniyaning "Standard Chartered" banki yangi homiylik kelishuvini tuzishi mumkin. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi bitim 2023 yilgacha amal qiladi. Agar u uzaytirilsa, katta ehtimol bilan to'lov miqdori ikki baravarga oshadi.

Hozirda bank klubga yiliga 47 million evro to'laydi. Yangi kelishuvga ko'ra, "Standard Chartered" bu miqdorni ikki barobarga – 95 million evrogacha oshirishi mumkin. Bunday homiylik shartnomasi futbol tarixidagi rekord ko'rsatkich sifatida tarixga kiradi.

Qayd etilishicha, Mersisayd klubi boshqa kompaniyalar bilan ham hamkorlik qilish borasida muzokaralar olib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail