

"Daily Mail" nashrining yozishicha, "Liverpul" va Britaniyaning "Standard Chartered" banki yangi homiylik kelishuvini tuzishi mumkin. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi bitim 2023 yilgacha amal qiladi. Agar u uzaytirilsa, katta ehtimol bilan to'lov miqdori ikki baravarga oshadi.
Hozirda bank klubga yiliga 47 million evro to'laydi. Yangi kelishuvga ko'ra, "Standard Chartered" bu miqdorni ikki barobarga – 95 million evrogacha oshirishi mumkin. Bunday homiylik shartnomasi futbol tarixidagi rekord ko'rsatkich sifatida tarixga kiradi.
Qayd etilishicha, Mersisayd klubi boshqa kompaniyalar bilan ham hamkorlik qilish borasida muzokaralar olib bormoqda.



