"Liverpul" Klopp boshqaruvida hisobda oldinda borayotib 43 ochko yo'qotdi

Tolibjon Qosimov
23 dek 2017, 20:36
"Liverpul" klubi Yurgen Klopp qo'lostida Yevropada g'alabali hisobni ushlab qolish borasida eng yomon natijani qayd etdi.

"Qizillar" hozirgacha hisobda oldinda borayotib 43 ochkoni boy berishga ulgurishdi. Nemis mutaxassisi ingliz klubini 2015 yilning oktyabridan beri boshqarib kelmoqda.
Eslatib o'tamiz, kecha tunda "Liverpul" Angliya chempionati doirasida "Arsenal" bilan 3:3 hisobida durang o'ynadi. Uchrashuv davomida "kanonirlar" 0:2 hisobida ortda borayotib ikkinchi bo'limda 5 daqiqa ichida uchta gol urishga erishishdi.

Oldinroq, "Liverpul" YCHL doirasida "Sevilya" bilan o'yinda 3:0 hisobida oldinda borayotib, yakunda 3:3 o'ynagan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Opta