"Liverpul" 16 yoshli polshalik posbon transferini kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2016, 14:16
"Liverpul" Polshaning "Rux" klubi darvozaboni Kamil Grabarani xarid qilishga yaqin turibdi.

Klublar transfer shartlarini kelishib olishdi va ushbu haftada 16 yoshli posbon Angliyaga yo'l oladi. Grabara uchun kurashda qizillar "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted"dan ustun kelishdi.

Kamil o'z vatanida juda iqtidorli futbolchi sifatida hisoblanmoqda va uni yangi Eji Dudek deb atashyapti. Dudek "Liverpul" va Polsha terma jamoasi safida ajoyib o'yin ko'rsatgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Slask