Lionel Messi "Inter Mayami"ga ko'nikish borasidagi qiyinchiliklar haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
18 avg 2023, 07:27
"Inter Mayami" futbolchisi Lionel Messi AQSH jamoasiga ko'nikish haqida gapirdi.

"Avvaliga issiq havo va boshqa masalalar sabab ko'nikish biroz qiyin bo'ldi, lekin hozir o'zimni juda qulay his qilyapman. Bu yerda ekanligimdan xursandman. Bu aynan men istagan joy. Bu erga kelish oilaviy qaror edi. Biz turmush o'rtog'im va farzandlarim bilan shunday qarorga keldik. 

Biz bu shaharni yaxshi ko'ramiz, muxlislarning munosabati ham yoqadi. Boshidanoq ular bizni mehr va yaqinlik bilan qabul qilishdi", - dedi Messi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: CBS News