Lionel Messi faoliyatini yakunlash haqidagi savolga javob berdi

Aziz Tukhtamuradov
24 avg 2023, 08:59
"Inter Mayami" va Argentina terma jamoasi futbolchisi Lionel Messi faoliyatini yakunlash haqidagi savolga javob qaytardi.

"Haliyam faoliyatimni tugatish haqida o'ylayotganim yo'q to'g'risini aytsam. Menga futbol o'ynash, to'pni tepish, maydonda bo'lish, raqobatlashish va mashg'ulotlarda ishtirok etish yoqadi. Yana qancha o'ynayman bilmadim, lekin bu imkoniyatdan imkon qadar ko'proq foydalanmoqchiman. O'ylash, tahlil qilish va tanlashga vaqt bor. Bugun eng asosiysi - oldinda qolgan imkoniyatdan zavq olish", - dedi Messi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: TyC Sports