Lingard: "Runi men, Rashford va Fosu-Mensaga yordam bergan - biz u kabi bo'lmoqchimiz"

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2017, 13:45
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard jamoa sardori Ueyn Runining "qizil iblislar" yoshlariga bo'lgan munosabati haqida fikr bildirdi.

"Runi yoshlarga taqlid uchun namuna hisoblanadi, u biz bilan juda yaxshi munosabatda. Runi men, Rashford va Fosu-Mensaga yordam bergan - biz doimo u kabi bo'lishni istaymiz. Angliya terma jamoasida ham u menga ko'maklashgan, u doimo yonimda turib, boshqa yigitlar bilan tanishtirgan. Unda yetakchilik sifatlari bor" - deydi Lingard.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com