Jessi Lingard mashmasha markazida

Sherzod Nurmatov
18 sen 2024
Angliya termasi sobiq a'zosi Jessi Lingard Seulda elektrosamokatni haydovchilik guvohnomasisiz haydagani uchun tergovga tortildi.

Hodisa 16-kuni mahalliy vaqt bilan 22:20 atrofida sodir bo'lgan. Lingard avvalroq Buyuk Britaniyada tezlikni oshirganlik va mast holda haydash jazosini olib, jarimaga solinganidan keyin 18 oyga mashinani boshqarish huquqidan mahrum qilingandi.

Lingard ijtimoiy tarmoqlarda elektrosamokat mingani haqidagi postni joylashtirgan bo'lsa-da, tez orada uni o'chirib tashlagan.

Policiya uning spirtli ichimlik istemol qilgani va transport vositasini boshqarish uchun xalqaro haydovchilik guvohnomasi bor-yo'qligini tekshirishda davom etmoqda, deb xabar berdi "Daily Mail".

31 yoshli futbolchi shu yilning bahorida "Seul" klubiga erkin agent sifatida qo'shilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail