Liga 1. Oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga da'vogarlar ma'lum

10 noya 2020, 08:56
Nomzodlar 3 nafar.

Fransiya yuqori divizioni oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga 3 da'vogarni e'lon qildi. Ushbu nomga Kilian Mbappe (PSJ), Vissam ben Yedder (“Monako”) hamda Jonatan Bamba (“Lill”) da'vogarlik qilmoqda.

O'tgan oyda Mbappe Liga 1 doirasida 6 ta gol urib, 2 ta golli uzatma berdi. Ben Yedder esa 3 ta gol urib, 1 ta golli pas bergan. Bamba bo'lsa 2 ta gol urib, jamoadoshlarining 3 ta goliga hammualiflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Liga 1