Levandovski ketma-ket uchinchi kun mashg'ulotlarga kech qoldi

Mirjalol Normatov
15 iyul 2022, 19:27
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski yana bir bor mashg'ulotlarga kech yetib bordi.

Juma kungi mashg'ulotlarda u 9:08ga yetib borgan. Ichki tartib-qoidalarga ko'ra, futbolchilar kamida soat 9:00da bo'lishi shart.

Futbolchi kechikishining sababi sifatida klub bazasi atrofiga yig'ilgan muxlislar uni ichkariga kirishida halaqit qilganini aytgan.

Sakkiz daqiqalik kechikish Levandovski uchun eng yomon natija bo'ldi. Bunga qadar u avvaliga 2, keyin esa 6 daqiqa kech borgandi.

Yakunlangan mavsumda Robert Bundesliganing 34 o'yinida 35 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal