

“Lester” hujumchisi Islam Slimani faoliyatini yana Fransiyada davom ettirishi kutilmoqda. “Lion” 32 yoshli jazoirlikning xizmatlariga jiddiy qiziqib qolgan. “Lion” yozgi transferlar vaqtida ham Slimaniga qiziqish bildirgan, biroq muzokaralar muvaffaqiyatsiz kechgandi. Forvard joriy mavsum APLda atigi 19 daqiqa maydonda harakat qildi. O'tgan mavsum futbolchi “Monako” safida 18 ta o'yinda 9 ta gol urib, 7 ta golli uzatma bergandi.



