Lempard qaysi jamoani boshqarishni orzu qilayotgani aytildi

Eldor Akmurzayev
6 yanv 2021, 20:10
Jurnalist Gillem Balage “Chelsi” ustozi Frenk Lempardning orzusini oshkor qildi.

“Lempardning orzusi – Primerada ishlash va futbolchilik faoliyatida erisholmagan ishlarni bajarish. U “Kamp Nou”da zaxira o'rindig'ida o'tirib, “Barsa”ni boshqarishni xohlaydi”, deydi Ballage.

Frenk Lempard 2019 yildan beri “aristokratlar”ni boshqarmoqda. Bungacha esa u “Derbi Kaunti”da ishlagan. Ayni vaqt “Chelsi” APL 17 turidan keyin 26 ochko to'plagan holda 9-o'rinda bormoqda.

Avvalroq, londonliklar Lempard o'rniga boshqa mutaxassislarning nomzodini ko'rib chiqayotgani aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo