Laporta Xaviga: "Sen boshqarayotgan jamoa prezidenti bo'lish - men uchun sharaf"

Aziz Tukhtamuradov
15 sen 2023, 08:20
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Xavining ishini yuqori baholadi.

Laporta va Xavi Una Nueva Era hujjatli serialining premerasiga borishdi. 

"Hujjatli filmning birinchi mavsumida biz jamoaning yaratilish jarayonini ko'rdik. Endi esa Xavi va uning murabbiylar shtabi, jamoasining sharofati bilan yangi davrdagi muvaffaqiyatlarni ko'ryapmiz. 

Mehnating uchun minnatdorchilik bildirishdan charchamayman. Sening biliming, har qanday vaziyatga ham moslasha olishing va tajribang... Sen boshqarayotgan jamoa prezidenti bo'lish men uchun katta sharaf", - dedi Laporta. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca