"Lans" polshalik yarim himoyachi bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2023, 11:27
Yarim himoyachi Pshemislav Frankovski "Lans" bilan yangi shartnoma imzoladi.

Francuz klubi 28 yoshli polshalik bilan bitimni 2028 yilgacha uzaytirganini ma'lum qildi.

Frankovski 2021 yilning avgustida "Chikago"dan "Lans"ga o'tgandi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 9 million evroga baholayapti.

Polshalik xavbek o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli pas amalga oshirdi. U jamoa Fransiya chempionatida 2-o'rinni egallashiga va Chempionlar Ligasiga yo'llanma olishiga yordam berdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rclens.fr