"Lacio"ning Yilmaz bo'yicha taklifi "Galatasaroy" rahbarlari kulgusiga sabab bo'ldi

Narzulla Saydullayev
19 avg 2013, 12:03
"Galatasaroy" rahbariyati vakillari "Lacio"ning Burak Yilmaz bo'yicha taklifiga izoh berib o'tishdi.
Turk klubi prezidenti Unal Aysal haqiqatdan ham rimliklardan taklif bo'lgani, biroq bu taklif juda kulgili ekanini ta'kidladi. Aysalning so'zlariga ko'ra, "Lacio" bu futbolchini avval 300 ming evro evaziga ijaraga olib, keyinroq 8,7 millionga sotib olmoqchi bo'lishgan.

"Burak - jamoaning eng muhim futbolchilaridan. U bizga kerak. U o'tgan mavsumda chempionlar ligasining o'zida 8ta gol urishga erishdi. Taklif uchun raxmat, biroq biz bu taklifni ko'rib chiqmoqchi ham emasmiz. Taklifingiz kulgili", deydi "Galatasaroy" prezidenti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru