"Lacio" o'z muxlisiga yordam berdi. Yangi oila bu kunni aniq eslab qoladi!

Alisher
19 fev 2020, 17:37
Kuni kecha "Lacio" "Inter" bilan bo'lgan jangda (2:1) muhim yutuqqa erishdi - rimliklar Konte jamoasining 16 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'yishdi va A Seriyada 2-o'ringa ko'tarilib olishdi.

"Lacio" muxlislaridan biri uchun bu kun yanada esda qolarli bo'ldi. U bunday muhim uchrashuvga o'zi kelmadi - Florida shtatidan amerikalik qizni ham taklif etdi. O'yin boshlanishidan oldin, bola qizning oldidan g'oyib bo'lgan va bir necha daqiqadan so'ng, stadion suhandoni 60 ming tomoshabin va qizga murojaat qildi: “Teylor, Teylor, Teylor. Meni eshityapsizmi? Unga turmushga chiqasizmi?".

Qiz hayratda qolgan bir paytda maydon chetida "ball boy"lar paydo bo'ldi. Ularning har biri kurtkasini echdi va yashirilgan harflar omma e'tiboriga havola qilindi. Bolalarning barchasi bir tekisda tizilib olishganda quyidagicha yozuv paydo bo'ldi:

"Will you marry me? ("Menga turmushga chiqasanmi?").

Shu lahzada amerikalik qiz stadion monitorida ko'rsatildi va u qo'lida uzuk ushlagan yigit tomon maydon chetiga keldi. Qiz "ha" - deya rozi bo'ldi. 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia