

Mazkur turda Vigoning "Selta" klubi Madridda mehmon bo'ldi. Uchrashuvda Fyodor Smolov hisobni ochdi. Ikkinchi taym avvalida esa "qirollik klubi" Toni Kroos va Serxio Ramosning (penalti) goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Uchrashuv yakunida Santi Mina tomonidan urilgan gol bahsning yakuniy natijasini shakllantirdi.
Ispaniya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.
Real Madrid – Selta 2:2
17 fevral, 01.00, Santyago Bernabeu
Gollar:
0:1 – 7 Smolov, 1:1 – 52 Kroos, 2:1 – 65, penalti Ramos, 2:2 – 85 Santi Mina.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Karvaxal, Marselo, Ramos, Kazemiro, Valverde, Azar (Vinisius Junior, 73), Kroos (Modrich, 81), Beyl (Mendi, 84), Benzema.
Selta – Ruben Blanko, Olasa, Arauxo, Aydu, Vaskes (Sisto, 55), Yokushlu, Rafinya, Bradarich (Santi Mina, 83), Murilo, Smolov (Denis Suares, 70), Aspas.
Ogohlantirishlar:
Olasa (57), Beyl (72), Karvaxal (74), Yokushlu (76).




